2017 yil O'zbekistonda qancha yangi korxona va tashkilotlar ochilgani ma`lum - Dono.uz

2017 yil O’zbekistonda qancha yangi korxona va tashkilotlar ochilgani ma`lum

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

2017 yil yakuni bo’yicha respublikada 41,0 mingdan ortiq korxonalar va tashkilotlar yangi tashkil etildi, bu esa o’tgan yilning shu davriga nisbatan 25,2 foizga ko’pdir. Shuningdek faoliyati tugatilgan korxona va tashkilotlarning soni o’tgan yilning shu davriga nisbatan 2,7 foizga kamaygan hamda ularning soni 26,5 mingtani tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi xabar bermoqda.

Natijada joriy yilning boshiga nisbatan faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 6,4 foizga (17,1 ming birlik) o’sgan hamda ularning umumiy soni 285,5 mingtani tashkil etgan.

Faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar va tashkilotlarning asosiy ulushi Toshkent shahrida (21,5 foiz), Toshkent (9,4 foiz), Farg’ona (9,0 foiz) va Andijon (8,6 foiz) viloyatlarida kuzatilmoqda.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha o’tgan yilning shu davriga nisbatan faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarning ulushi sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishda (-1,1 f.p), savdoda (-0,9 f.p), axborot va aloqada hamda boshqa turlarda (-0,1 f.p.dan) kamayganligi, buning natijasida sanoatda (+1,0 f.p.), qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida (+0,6 f.p.), qurilishda (+0,3 f.p.), yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlarda(+0,2 f.p.), shuningdek tashish va saqlashda (+0,1 f.p) faoliyat turlarida ulushining o’sishiga olib keldi.

Korxonalar va tashkilotlarning umumiy sonida faoliyat ko’rsatayotganlarning ulushi 95,1 foizni, shu bilan birga jami korxona va tashkilotlarning umumiy soniga nisbatan faoliyat ko’rsatmayotganlarning ulishi 4,9 foizni tashkil etganligini ko’rsatmoqda va bu ko’rsatkich yil boshiga nisbatan taqqoslanganda 1,1 f.p. kamaygan.

Iqtisodiy faoliyat turlari boyicha jami faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlarning umumiy soniga nisbatan 22,1 foiz savdoda, 17,2 foiz sanoatda, 8,5 foiz qurilishda, 7,4 foiz qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida, 6,0 foiz yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlarda, 4,2 foiz tashish va saqlash, 2,2 foiz axborot va aloqa, 2,0 foiz sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish va 30,4 foiz boshqa faoliyat turlari hissasiga to’g’ri keladi.

Manba: Kun.uz

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Free WordPress Themes