27 may kuni Namanganda xalqaro “Gul bayrami” boshlanadi - Dono.uz

27 may kuni Namanganda xalqaro “Gul bayrami” boshlanadi

Want create site? Find Free WordPress Themes and plugins.

Namangan viloyatida har yili an`anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan “Gul bayrami” bu yil 58-bor nishonlanadi. Bu haqda Kun.uz tahririyatiga Namangan shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Go’zallik va nafosat bayrami tantanalari shu yilning 27 may kuni (yakshanba) Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog’ida boshlanadi.

Foto: Namangan shahar hokimligi axborot xizmati

An`anaviy bayramda gulchilarimiz tomonidan O’zbekiston iqlimiga moslashtirilgan, dunyoning barcha mintaqalarida yetishtiriladigan gullardan namunalar, bir-biriga o’xshamagan gullardan tayyorlangan dekoratsiya va konstruksiyalarni tomosha qilish mumkin bo’ladi. Bayram dasturi doirasida turli madaniy tadbirlar, ko’ngilochar badiiy tomoshalar kayfiyatingizga ko’tarinkilik bag’ishlaydi.

Foto: Namangan shahar hokimligi axborot xizmati

Bayramning ilk kuni tantanali ochilish marosimi o’tkaziladi. Shu  kuni gullar bilan bezatilgan mashinalar paradi ham tashkil etiladi. Qolaversa, bu an`naviy gullar shodiyonasi ichki va tashqi turizmni rivojlantirishda muhim o’rin tutishi shubhasiz.

Foto: Namangan shahar hokimligi axborot xizmati

Barcha hamyurtlarimizni va yurtimiz mehmonlarini har yilgidan-da o’zgacha ruhda o’tishi kutilayotgan an`naviy gul bayramiga taklif qilamiz!

Manba: kun.uz

Did you find apk for android? You can find new Free Android Games and apps.
Free WordPress Themes