Bilimdon - Page 4 of 5 - Dono.uz

Bo'lim arxivlari: Bilimdon

SOATLAR QANDAY PAYDO BO`LGAN?

Vaqtni  aniqlash uchun qadimda odamlar quyosh soatlaridan foydalanishgan.  Yerga  aylana chizib, uni qismlarga ajratib markaziga tayoqcha suqib qo‘yishgan. Quyosh osmon bo‘ylab harakat qilgan sayin tayoqcha  soyasi  bir  qismdan  ikkinchi  qismga  surilib  borgan.  To‘g‘ri, quyosh soatlari bulutli havoda ishlamagan.  “Umr o‘tmoqda” jumlasi suv soatidan  kelib  chiqqan.  Qismlarga  ajratilgan idishga suv asta-sekin tomchilab oqadi. So‘ng  suvning  o‘rnini…

http://dono.uz/?p=290

LANKA – JAHON BOLALAR O‘YINIGA AYLANDI

Lanka yoki juntepki (par) deb nomlangan o‘yin jahon bolalar o‘yini ro‘yxatiga o‘zbek o‘yinlari sifatida tanlab olindi. YUNESKO ekspertlarining 2003-yildan buyon olib borgan tekshirish, kuzatishlari natijasida lanka – eng foydali o‘yin, deb hisoblandi. Karshinews.com internet nashrining bildirishicha, endi bu o‘yinning har bir viloyatdagi turlarini yana bir bor to‘plab, o‘yinning aniq nizomini ishlab chiqish va dunyo bolalari…

http://dono.uz/?p=286

QUVNOQ MATEMATIKA

Agar har bir qiz bola Olsa bittadan lola. Bir lola ortar butkul, Agar har bir qiz bola, Olsa ikkita lola, Yetmay qolar bir juft gul. O’ylang, nechta bor lola, Nechta edi qiz bola? “Otdan kattaman uch yosh”,- Dedi sigir egib bosh. “Men,- der sigirga kuchuk, –Sizdan ikki bor kichik”. Ot der kuchukka shartta: “–Men sizdan…

http://dono.uz/?p=280

YOLG‘ONDAKAM KASAL

Qachonlardir bir o‘rmonda ulkan sher yashagan ekan. U ancha qarib, tishlari-yu, tirnoqlari tushib ketibdi. O‘ljasi ham shundoq burni tagidan qochib qoladigan bo‘libdi. Shunda u o‘ylab-o‘ylab chorasini topibdi. “Bir qari sher og‘ir kasal bo‘lib qolibdi”, – deb o‘rmonga gap tarqatibdi. O‘zi bo‘lsa bir tog‘ orasidagi g‘orga yashirinib olibdi. Hamma yoqdan kasal ko‘rgani hayvonlar kela boshlashibdi. Sherning…

http://dono.uz/?p=276

SHOKOLAD YO’L

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, Barlettada uch aka-uka yashagan ekan. Kunlardan bir kuni shahar chekkasida aylanib yurib, bexosdan bir yo‘lga chiqib qolishibdi. Bu yo‘l juda g‘alati ekan – kaftday tekis-u jigarrang tusda emish.   –Bu yo‘l nimadan qilingan? – deb so‘rabdi kenja ukasi. –Taxtaga o‘xshamaydi-ku, – debdi o‘rtanchasi. –Tishqolga ham o‘xshamaydi, – debdi eng…

http://dono.uz/?p=272

VAFODOR BURGUT

Hikoya qilishlariga qaraganda, juda qadim zamonlarda bir podshoning sevimli burguti bo‘lgan ekan. O‘sha burgutini podsho doim ovga olib yurarkan. Bir kuni podsho burgutini qo‘liga qo‘ndirib ovga jo‘nabdi. Bunday qarasa, bir bug‘u chopib ketayotgan ekan. Podsho otiga qamchi urib bug‘uning ketidan quvibdi va juda uzoqlab ketibdi, ammo unga yetolmay, ancha olisda qolib ketibdi. Bu vaqt ichida…

http://dono.uz/?p=266

YAXSHILIK UNUTILMAYDI

Luqmoni hakim doimo qarz olar va puli bo‘lsa boshqalarga qarz berar ekan. Uning himmati va saxiyligini eshitgan kishilar uzoq shahar va qishloqlardan qarz so‘rab kelishar ekan. Kunlardan bir kun noma’lum bir savdogar uning huzuriga keldi va dedi: –Ey Luqmon, men mashhur savdogar edim. Davr hodisotlari tufayli butun mol-mulkimdan ajradim. Hozir qo‘limda hech narsam yo‘q. Qo‘limdan…

http://dono.uz/?p=263

TEATR TARBIYAGOHDIR, TEATRSEVAR BOLAJONLAR DIQQATIGA

Aziz bolajonlar, o‘zingiz sevgan ertak qahramonlari ko‘z oldingizda namoyon bo‘lishini istaysizmi? Ezgulikning yovuzlik ustidan qilgan g‘alabasini do‘stlaringiz bilan olqishlash tarafdorimisiz? Unda “Respublika yosh tomoshabinlar teatri” siz uchun. Bugun ham bolajonlar bu yerda Ertakchi aka-uka Vilgelm va Yakob Grimmlarning “Oppog‘oy” teatrini tomosha qilishmoqda. Ahmadjon Shohidjonov, Toshkent shahri Orom nomli 35-sonli maktabning 2-sinf o‘quvchisi, tomoshabin: – Oppog‘oy juda…

http://dono.uz/?p=260

“QAYIQCHA” SALATI

Masalliqlar: Bir donadan banan, apelsin, olma, 100 gr. qulupnay yokimurabbosi, 150 gr yogurt, 1 osh qoshiq pista (semechkasi), 4-5 dona yalpiz yaprog`i. Tayyorlanishi: Rasmlarga qarab, bananning bir qismini archib, undan qayiqcha yelkanini hosil qilamiz. Qoshiq yordamida banan mevasi, po`stlog`idan ajratib olinadi. Tayyor qayiqchaga olma, apelsin, qulupnay yoki xohlagan mevalardan kesib joylanadi-da ustidan yogurt quyib, yuzasiga…

http://dono.uz/?p=256

KAPALAKLI PIROG

Masalliqlar: 1. Sariyog‘ – 2 osh qoshiq; 2. Shakar – 2 osh qoshiq; 3. Tuxum – 2 dona; 4. Shokolad – 50 gr.; 5.Kakao kukuni – 1 choy qoshiq; 6. Maydalangan bodom – 1 choy qoshiq. TAYYORLANISHI: Sariyo‘g, tuxum va shakarni ko‘pirtiring, qirg‘ichdan o‘tkazilgan shokolad, bodom va kakaoni qo‘shib aralashtiring Tuxum oqini yaxshilab ko‘pirtirib, shokoladli…

http://dono.uz/?p=252

SPORTSEVAR BOLALAR

Yurtimizda bolalar uchun yaratib berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish natijasida yildan-yilga fan, sport, san’at va boshqa sohalarda iqtidorli o‘quvchilar va g‘oliblar soni ortib bormoqda. Respublikamizning har bir viloyatidagi, shahar-u qishloqlardagi maktab, litsey, sport maktablarida qizg‘in musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda. Albatta, har bir sportchi g‘oliblik sari intiladi. Zero, intilganga tole yor, deydilar. Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidagi 3-maktabning sportsevar…

http://dono.uz/?p=249

KELAJAKDA EL TANIGAN RASSOM BO‘LAMAN

“Go‘zallik har bir kishining ziynatidir. Insonning qandayligini uning go‘zal xulqi va sifatlaridan bilish mumkin. Agar yon atrofimizga e’tibor bilan qarasak yashirin go‘zalliklarni ko‘ra olamiz. Quyoshning nuri, musaffo osmon, suvning shildirashi-yu, yomg‘irning shitirlashida ham nafosat bor. Axir bejizga “Dunyoni go‘zallik qutqaradi” deb aytishmaydi”. Ha, albatta, go‘zallikni yuragi pok, ko‘nglida zarracha gardi yo‘q, tiniq nigoh ila olamga…

http://dono.uz/?p=246

Doira sadosi

“Bum-baka-bum-bak, baka-baka-bum bak” qilib chalinadigan cholg‘u asbobini hamma ham qoyillatib chala olmaydi. Ko‘ri-nishidan unchalik murakkabga o‘xshamaydi-gan doirani jarangdor chalishda qo‘llarning chaqqon harakati juda muhim sanaladi.   Poytaxtimizda joylashgan “Barkamol avlod” Respublika bolalar badiiy ijodiyot markazida ochilgan doira to‘garagi mana shunday yuragida o‘ti bor yoshlarni qamragan. To‘ga-rakda yigirma nafarga yaqin yoshlar zo‘r qiziqish bilan doira chalishni…

http://dono.uz/?p=243

ROHATOY

ROHATOY Mening bitta singlim bor – Go‘zalligi betakror. Yoqimtoy va erkatoy, Uning ismi – Rohatoy. Bilimga o‘ch, a‘lochi, Mehribon, ko‘ngli ochiq. Doim uni maqtayman, Malikam, deb atayman. Sharillatib karrani, Qoyil qilar hammani. Beshlar olar har darsda, O‘zlashtirar bir pasda. To‘rtinchida o‘qiydi, Hatto she‘rlar to‘qiydi. She‘rlari xo‘p ma‘nodor, Mening shunday singlim bor. Hali bir kun ko‘rarsiz,…

http://dono.uz/?p=239

YOSH IJODKOR

Yangi yilda  Ko`zimizda porlar quyosh, O`ynab-kular keksa-yu yosh. Yoshimizga qo`shilar yosh, Yangi yilda, yaxshi yilda. Qorboboni chaqiramiz, Baxtliman, deb hayqiramiz. Baxtga yor har daqiqamiz, Yangi yilda, yaxshi yilda. Qorlar yog`ar parcha-parcha Kulib turar katta archa. Xursandchilik qilar barcha Yangi yilda,yaxshi yilda. Soat mili saf turadi, O`n ikkida bong uradi. Dilga quvonch yuguradi, Yangi yilda, yaxshi…

http://dono.uz/?p=236

YOSH IJODKOR

Yangi Yil  Kunlar, oylar o‘tar shoshilib, Yana bir yil ortda qolyapti. Biz orziqib kutgan yangi yil, Ostonada eshik qoqyapti. Bolajonlar shod-xurram bugun, Ko‘m-ko‘k archa bezangan rosa. Qorbobolar bo‘lib har kimsa, Sovg‘alarin tarqatar qancha. Men baxtliman, baxtlilar qancha Yurtimiz tinch, o‘ynasin barcha! Shohsanam ERGASHEVA, Farg‘ona vil., Beshariq tum., 43-maktab. Qish fasli  Oppoq qorga burkanib, Qish fasli…

http://dono.uz/?p=232

BOLALIKKA NIGOH

Qarang, oyi bu yerga nima yozilgan? Chekilmasin! Haydovchi amaki chekib  ketayapti-ku?! *** Metroda edim. Oyisining qo‘llaridan ushlab olgan bolakay  ichkaridagi shovqin va har xil  odamlarning kirib chiqishiga hayratomuz tikilar, ba’zida qoshlarini chimirib qo‘yardi. Picha vaqt o‘tib ichkaridan xitob keldi: – Ehtiyot bo‘ling, eshiklar yopiladi. Keyingi bekat – Mustaqillik maydoni. Yon atrofga qaragan bolakay oyisining qo‘lidan…

http://dono.uz/?p=229

BOLALARNING KULGUSIGA TO‘LSIN OLAM

1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni Bolalarning begonasi bo’ladimi? Bo’lmaydi. Begonalashtirmaslik bizdan. Bolaning borlig’i behudud, bamisoli bahordek. Borlig’i beadad baxtdir. Bolajonlarning bo’stoni benihoya benazir. Bejizga bolani bebaho bilishmaydi-da. Bilasizmi, butunjahonimiz bebaxtlikka belansa  bormi, bamisoli borliqni bulutlar “bezaganday” bo’ladi. Bahoriylik bardavom bo’lmaydi. Bolakaylarning betakrorligidan bilingki, botirlik, bahodirlik barpodir. Ba’zi birlari biroz begonasiraydi. Bolada… Bu…

http://dono.uz/?p=226

SOG‘INCH

Aziz elimizning suyuk o‘g‘loni, She’riyat olamin gavhari sizsiz. Dunyoga tanilgan shuhrati, shoni, Biz sizni sog‘indik, Muhammad Yusuf! Ko‘klamda tug‘ilib, ko‘klamni suyib, Qizg‘aldoq bo‘yidan tuyib jannatni. Xalqim baxtin o‘ylab, yuraklar kuyib, She’r bilan topdingiz abadiyatni. Parijning eng zo‘r restoranlarin, Almashmayman deya, bitta tandirga. Vatanni madh etib she’rlar bitdingiz, Qasida aytdingiz qir-u adirga. Xalqim ardog‘ida hamon yodingiz,…

http://dono.uz/?p=223

MEN O‘ZBEK ELINING FARZANDI

Men o‘zbek elining farzandi, Shu aziz vatanning dilbandi. Ajdodlarim faxri va mardi, Temur bobomizning farzandi. Zulfiyaxonimning izdoshi, Nodirabegimning sirdoshi. Uvaysiyning suygan dilbandi, Men o‘zbek elining farzandi. Navoiy tillarda dostonim, Ulug‘bek yulduzli osmonim. Cho‘lpon, Fitratlarning avlodi, Men o‘zbek elining farzandi.       Dilfuza MANSUROVA, Farg‘ona vil.,  Beshariq tum., 3-IDUM.

http://dono.uz/?p=219
Free WordPress Themes