O‘zbekistonda joriy etishga tayyor robot xizmatkorlar yaratildi

Bunday robotlarning xorijdagi narxi oʻrtacha narxi 180 million soʻmga toʻgʻri kelsa, milliy xizmatchi robotlarimizning oʻrtacha narxi komplektatsiyasiga qarab 25–45 million soʻmni tashkil etadi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi hamda Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti talabalari hamkorlikda NovAssistant universal robotini yaratdi. Bu Innovatsion rivojlanish vazirligi yangi binosida tashkil etilgan robototexnika laboratoriyasi mutaxassislari koʻmagida amalga oshirilgan ilk loyihadir.

Mazkur universal robotning yaratilishi tibbiyot, tadbirkorlik, taʼlim, turizm kabi sohalardagi har kunlik vazifalarni bajarishga koʻmaklashadi, shuningdek imkoniyati cheklangan insonlar uchun ish oʻrinlarining koʻpayishiga xizmat qiladi. Yordamchi-robot muloqot qilish bilan bir qatorda oʻz hissiyotlarini ham izhor qila oladi, uni ishxonada yoki uyda koʻmakchi sifatida ishlatish mumkin.

Buyurtmachining istak-xohishiga koʻra mazkur robotni istagan koʻrinishda yasash mumkin. Shuningdek, sunʼiy intellekt, odamni tanish, xonadagi uskunalarni boshqarish kabi qoʻshimcha funksiyalarni ham qoʻshib yaratish imkoniyati mavjud. Robotni ilova orqali yoki ovoz bilan boshqarish mumkin.

Bunday robotlarning xorijdagi narxi oʻrtacha narxi 180 million soʻmga toʻgʻri kelsa, milliy xizmatchi robotlarimizning oʻrtacha narxi komplektatsiyasiga qarab 25–45 million soʻmni tashkil etadi.

Ulashing | Поделись этим: