Taekvondochilarimiz xalqaro turnirda shohsupaga koʻtarildi

Taekvondo boʻyicha “Tashkent Open Fest IV” onlayn musobaqasi yakunlandi.

Unda hamyurtlarimizdan tashqari Rossiya va Qirgʻizistondan ham taekvondochilar ishtirok etdi.

Musobaqada Bogdan Budkin, Elbek Abdullayev, Amirxon Mashrapov, Azamat Gabitov, Abobakr Abdumannonov, Salohiddin Sobitov, Rayhona Saʼdullayeva, Aida Saylolova, Dilsoʻz Imonova, Gulshanoy Ismoilova, Aleksandra Gaziyans kabi sportchilarimiz shohsupaga koʻtarildi.

OʻzA

Ulashing | Поделись этим: