Kam ta’minlanganlar ro‘yxatiga kiritilganlarga qanday imtiyoz beriladi?

Kecha imzolangan Prezident qaroriga muvofiq, «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida kam ta’minlangan oila sifatida ro‘yxatga olingan oilalarga bepul yoki imtiyozli shartlarda ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ro‘yxati tasdiqlandi. Ular quyidagilar:
👉 Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalar to‘lovidan ozod etish;
👉 Maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘rnatilgan miqdorlarda ota-onalar to‘lovini to‘lash;
👉 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida darsliklar ijara to‘lovlaridan ozod etish;
👉 Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun qishki kiyim-bosh berish;
👉 Ayrim fanlarni o‘qitishga ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta maktablar o‘quvchilarini ovqatlanish xarajatlaridan ozod etish;
👉 San’at maktablari, musiqa maktablari, «Barkamol avlod» markazlari va boshqa maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘qish xarajatlaridan ozod etish;
👉 Kam ta’minlangan oilalarning nogiron a’zolarini protez-ortopediya buyumlari bilan ta’minlash;
👉 Ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida bepul maxsus (ambulator yoki kunduzgi) tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘llanma (order) olish.

Izoh: «Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali mazkur ilovada ko‘rsatilmagan boshqa ijtimoiy xizmatlar va imtiyozlar ham joriy etilishi mumkin.

➡️@uzauz

Ulashing | Поделись этим: