Onlayn darslar kutilgan natijani berdimi?

Bunga Xalq taʼlimi vazirligi masʼuli izoh berdi.
Mutaxassislarning maʼlum qilishicha, oʻrganishlar shuni koʻrsatmoqdaki, ota-ona nazorati ostida onlayn darslarni kuzatadigan va barcha vazifalarni oʻz vaqtida bajargan bolada onlayn maktabdagi taʼlimning ham samarasi boʻldi. Biroq farzandining bilim olishiga beeʼtibor ota-onalar ham afsuski yoʻq emas, shu sababli bir tomonlama natijani koʻrish mushkul.

– Onlayn maktab loyihasi davomida albatta bizga ota-onalar, uydagi kattalarning koʻmagi juda zarur edi, – dedi Xalq taʼlimi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova. – Sababi maktab yoshidagi bola kattalarning soʻziga quloq solishga va ularning aytganini qilishga moyil boʻladi. Shu bois masofaviy taʼlimda uydagi kattalar ushbu koʻrsatkichning asosiy omili boʻldi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Onlayn taʼlim tizimining asosiy afzalligi – bolada eng yaxshi pedagoglarning darslarini koʻrib, ulardan bilim olish imkoniyati boʻlsa, yana uzoq hududlarda oʻz ustida ishlashga imkoni boʻlmayotgan oʻqituvchilar ham oʻzlarining malakali hamkasblaridan mahorat darslarini olish imkoniyatiga ega boʻldi. Onlayn taʼlim tizimining asosiy maqsadi taʼlim berish boʻlgan boʻlsa ham yuqorida sanab oʻtilgan qoʻshimcha imkoniyatlar ham bor.
Maʼlumot uchun, Online-maktab loyihasi yurtimizda karantin cheklovlari joriy etilishi munosabati bilan umumtaʼlim maktablarida oʻquv yilining 4-choragi, yaʼni 30-martdan 25-mayga qadar tashkil etildi.

Ulashing | Поделись этим: