Meksikada bolalarga “fastfud” va “gazirovka”lar sotish taqiqlandi

Meksikaning Oaxaka shtati kongressmenlari kelajak avlodga gʻamxoʻrlik qilish maqsadida bolalarga zararli taomlar, shuningdek, tarkibida qand miqdori yuqori boʻlgan ichimliklarni sotishni taqiqlovchi qonunni qabul qilishdi.

Ushbu shtat ortiqcha vaznga ega insonlar soni boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda turadi.

“Kongressning tarixiy qarori bilan voyaga yetmagan bolalar orasida zararli mahsulotlarni tarqatish yoki reklama qilish taqiqlandi”, – deyiladi mahalliy qonun chiqaruvchi organ tomonidan tarqatilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Meksikada ortiqcha vaznga ega aholi juda koʻp boʻlib, bu koʻrsatkich boʻyicha AQSHdan keyin turadi. Bundan tashqari, mazkur mamlakat diabet bilan kasallanganlar soni boʻyicha ham yuqori koʻrsatkichga ega.

Ulashing | Поделись этим: