Bolalar grippni tarqatishida asosiy omil hisoblanadi, “COVID-19″ esa bolalarda juda kam uchraydi

Koronavirus va grippning farqi:
Gripp “COVID-19”ga qaraganda juda qisqa yashirin davr va juda qisqa oraliqga ega.

“COVID-19”da seriyali oraliq 5-6 kun, grippda oraliq 3 kun. Gripp “COVID-19”ga qaraganda tezroq tarqalish xususiyatlariga ega.

Bolalar grippni tarqatishida asosiy omil hisoblanadi, “COVID-19″ esa bolalarda juda kam uchraydi.

Koronavirus turida quruq yo‘tal (yoki ko‘p bo‘lmagan balg‘am) kuzatiladi. Grippda nam yo‘tal va tumov, burunni bitishi kuzatiladi.

“COVID-19”da 15 foiz holda og‘ir infeksiyalar bo‘lib, kislorod talab qilinishi va 5 foiz kritik holat bo‘lib, o‘pka ventelatsiyasi talab qilinadi. “COVID-19” kritik holat va og‘ir infeksiyalar grippga qaraganda yuqori.

“COVID-19”da umumiy o‘lim koeffitsiyenti 3-4 foizni tashkil qiladi. Mavsumiy grippda o‘lim 0,1 foizdan past.

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Shuhrat Boymurodov

Ulashing | Поделись этим: