14 yoshgacha bolalar nafaqasi oshiriladi

“Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Farmoniga ko‘ra, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lgunga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam oluvchilar soni 2020 yil 1 apreldan boshlab 10 foizga oshiriladi.
Shuningdek, bog‘chalar va maktablarning faoliyati to‘xtatilgan davrda bog‘cha tarbiyalanuvchilari va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ota-onalariga (ular o‘rnini bosuvchi shaxslarga, vasiylarga, homiylarga) yillik ta’tildan foydalanish grafigidan qat’i nazar (shu jumladan, 6 oydan kam ishlaganlarga) yillik ta’til taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Farmonga muvofiq, Moliya vazirligi huzurida Inqirozga qarshi 10 trillion so‘m hajmdagi jamg‘arma tuzildi.

Ulashing | Поделись этим: