Britaniyalik paleontologlar dinozavrlarning yangi turini aniqlashdi

Sautgempton universiteti paleontologlari topgan dinozavrning yangi turi sayyoramizda bundan 115 million yil avval yashagan va tirannozavrlar oilasiga mansub bo‘lgan.

O‘tgan yili Britaniyaning Uayt orolida topilgan to‘rtta suyak o‘rganib chiqilgandan keyin, qoldiqlar hali fanga ma’lum bo‘lmagan dinozavrlar turiga mansubligi aniqlandi. Paleontologlar xulosasiga ko‘ra, bundan 115 million yil avval yashab o‘tgan dinozarlarning bo‘yi 4 metr bo‘lgan. Olimlar yangi turga “Vectaerovenator inopinatus”, deb nom berishdi.

Xabarda qayd etilishicha, olimlar 2019 yil Uayt orolida dinozavrning bo‘yni, yelkasi va dumiga tegishli to‘rtta suyak topib olgan. Keyinroq olib borilgan ekspertiza toshga aylangan suyaklar mazkur orol shimolida yashagan dinozavrlarga tegishli ekanini ko‘rsatdi.

Ulashing | Поделись этим: