Gvardiola Messini «Manchester Siti»ga olib kelmoqchi

«Manchester Siti» Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng, tarkibini yanada kuchaytirmoqchi. Bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z jamoasiga sobiq shogirdi Lionel Messini olib kelmoqchi.

Messini olib kelish uchun «Manchester Siti» rahbariyati har qanday miqdordagi pulni to‘lashga tayyor ekanini ma’lum qilgan. Gvardiola «Barselona»ni boshqargan paytda Lionel Messining yulduz darajasiga yetishiga katta yordam bergan va ular o‘rtasida do‘stona munosabatlar hamon saqlanib turibdi. Shuning uchun ham «shaharliklar» bu transfer amalga oshishiga ishonmoqda.

«Barselona» bilan shartnomasi kelasi yili yakunlanadigan Lionel Messini «Inter» ham o‘z safiga chorlamoqda. Italiyaliklar futbolchiga to‘rt yillik shartnoma va yiliga 50 million yevro maosh taklif qilgan.

Ulashing | Поделись этим: