Ota-ona farzandi uchun mas’ul

Ota-ona o‘z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o‘z bolalarining sog‘lig‘i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishlari shart.

Bolaning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘ilganligidan, uning huquq va qonuniy manfaatlari buzilganligidan xabardor bo‘lgan shaxslar bu haqda bola ayni paytda yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organiga ma’lum qilishi shart.

Shunday ma’lumotlarni olgach, vasiylik va homiylik organi bolaning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan zarur choralar ko‘rishi shart.

Ulashing | Поделись этим: