Farg‘onalik tadqiqotchi o‘qituvchi Qozog‘istondagi tanlovda g‘olib chiqdi

Nursulton shahrida MDH davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan «Yosh tadqiqotchi» xalqaro tanlovida Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani 8-umumiy o‘rta ta’lim maktabi tadqiqotchi o‘qituvchisi Ravshanjon Abdullayev faxrli 1-o‘rinni egalladi va 1-darajali Diplom hamda Oltin medal bilan taqdirlandi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi — MDH davlatlarining oliy ta’lim muassasalari talabalarini qo‘llab-quvvatlash, ilm-fan, texnika rivojlanishiga hissa qo‘shayotgan yoshlarni aniqlab, ularni munosib rag‘batlantirish.

Farg‘ona viloyati XTBning ma’lum qilinishicha, loyiha doirasida MDH mamlakatlari oliy ta’lim muassasalarining qobiliyatli, xalqaro olimpiada va tanlovlarning g‘oliblari bo‘lgan talabalarning yutuqlarini aks ettiruvchi «Xalqaro iqtidorli yoshlar ensiklopediyasi» nashrdan chiqqan.

Ulashing | Поделись этим: