O‘zbekistonda 329 ta maktab o‘z faoliyatini boshladi

O‘zbekistonda ilk bor koronavirus infeksiyasi aniqlanganidan so‘ng, 16 martdan boshlab, an’anaviy ta’lim jarayonlari vaqtinchalik to‘xtatilib, bolalar uy sharoitida onlayn tahsil olishni boshlagan edi. Bugundan boshlab 329ta maktabda sinov tariqasida ta’lim jarayonlari boshlandi.Sanitariya xizmati markazlari 5 sentyabrga qadar maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorlik holatini o‘rganib, jamoaga qo‘shimcha o‘quv-treninglar o‘tkazdi, bunday treninglar hozirgi kunda ham davom etmoqda. Maktablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli qaror sanitariya epidemiologiya va osoyishtalik markazining xulosasi asosida mahalliy xalq deputatlari kengashlari tomonidan qabul qilinadi.

Yangi 2020/2021 o‘quv yili rasman joriy yilning 14 sentyabr kunidan boshlanadi.

Ulashing | Поделись этим: