Yosh bolalarga koronavirus infeksiyasi haqida gapirib berish shart!

O‘zbekistonda bolalar orasida kasallik 7-18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘p uchramoqda. Umumiy kasallanish ko‘rsatkichining 55 foizini bolalar tashkil etadi. Bu haqda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Koronavirus yuqishini oldini oluvchi dorilar yo‘q. Lekin bolalar orasida sog‘lom turmush tarzini, kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish hamda barcha sanitariya gigiyena qoidalariga amal qilish orqali immunitetni oshirish mumkin.

Yosh bolalarga koronavirus infeksiyasi haqida gapirib berish shart!

Birinchidan, ular bu kasallikni oldini olish uchun nimalar qilish kerakligini to‘g‘ri anglab yetishlari kerak.

Ikkinchidan, ular hozirgi kunda uyda o‘tirib OAV orqali kasallik statistikasi hamda o‘lim holatlari haqida eshitadilar va bu ma’lumotlar ular ruhiyatiga noto‘g‘ri ta’sir qilishi mumkin.

Bolalar kattalarga bildirmasalar ham kasallikning eng yomon oqibatidan juda qo‘rqadilar hamda o‘z oila a’zolari uchun qattiq xavotirlanadilar.

Ularga hozirgi vaziyatda qo‘llanilishi kerak bo‘lgan profilaktik ishlarni to‘g‘ri bajarish zarurligi, uyda qolish hamda bunday vaziyatda biz nafaqat o‘zimizni, balki oilamizga ham g‘amxo‘rlik qilishimiz kerakligini va bunda uning ham o‘z hissasi borligini to‘g‘ri tushuntirishimiz kerak.

Ulashing | Поделись этим: