Kun savoli

Farzandim poliklinikada bronxial astma hamda surunkali gastrit tashxisi bilan dispanser nazoratda turadi. Maktabga chiqaraymi yoki onlayn ta’lim olgani ma’qulmi?

Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova AOKAda o‘tkazilgan brifingda javob qaytardi:
Agar farzandingiz yil davomida tez-tez shamollab tursa va unda surunkali kasalliklari bo‘lsa, farzandingiz xavf guruhiga kiradi.

Shuning uchun Siz uning salomatligi uchun onlayn ta’lim olishni tanlaganingiz ma’qul. Chunki bunday bolalar kasallik yuqtirib olishi oson hamda unga kasallik yuqqanda og‘ir kechish xavfi bordir.

Shuningdek, surunkali kasalliklari bor insonlar shifokorlar nazoratida doimiy davolanishni davom ettirishlari kerak bo‘ladi.

Ulashing | Поделись этим: