1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘asi” topshirilish kuni aniq bo`ldi

Joriy yilda ham odatdagidek 1-sinf o‘quvchilari uchun “Prezident sovg‘asi” topshiriladi

Maxsus komissiya qaroriga binoan, pandemiya sharoitini hisobga olib maktablarda yangi o‘quv yilining birinchi kuni 14 sentyabr etib belgilandi. Maktablarda ayni shu kuni 650 mingga yaqin o‘quvchiga “Prezident sovg‘asi” topshirilishi rejalashtirilgan.

1-sinf o‘quvchilariga beriladigan “Prezident sovg‘asi” tarkibidan 12 turdagi o‘quv qurollari, jumladan portfel, daftarlar, rasm daftari, akvarel bo‘yoqlari, rangli qog‘oz, qalamdon, sharikli ruchka, rangli va oddiy qalamlar, plastilin, yelim va o‘chirg‘ich o‘rin olgan.

Shuningdek, vazirlikning O‘zAga ma’lum qilishicha, “Prezident sovg‘asi” o‘qishning an’anaviy yoki masofaviy shaklini tanlaganidan qat’i nazar, barcha o‘quvchilarga beriladi. Bunda “Prezident sovg‘asi” masofaviy o‘qishni tanlagan 1-sinf o‘quvchilarining ota-onalariga topshiriladi.

Ulashing | Поделись этим: