Angina va allergik kasalligi bor bolalar maktabga borsa bo‘ladimi?

Agar farzandingizda surunkali tonzillit mavjud bo‘lsa, koronavirus bilan kasallanish xavfi yuqori.

Shu sababli, ushbu kasallik mavjud bo‘lgan insonlar niqob taqish, og‘iz bo‘shlig‘ini chayqash va infeksiya o‘choqlarini sanatsiya qilish maqsadida o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Kasallikning xuruj davrlarida distansion o‘qishga o‘tish tavsiya qilinadi.

Bu haqda AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurullayeva ma’lum qildi.

Ulashing | Поделись этим: