O‘zbekistonda bog‘chalar 14 sentyabrdan boshlab bosqichma-bosqich ochiladi

7-14 sentyabr kunlari Toshkent va Toshkent viloyati tumanlarida bittadan 5-7 yoshli bolalar uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlarining tayyorlov guruhlari ochilmoqda.

14 sentyabrdan boshlab ushbu jarayon mamlakat bo‘ylab bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 4-5 yoshli bolalar uchun o‘rta guruhlar ochilishi oktyabr oyiga, 3 yoshli bolalardan iborat kichik guruhlar ochilishi esa noyabr oyiga rejalashtirilmoqda.

Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan o‘tkazilgan anjumanda ma’lum qilingan.

– Ochilish muddatlari mamlakatdagi epidemiologik vaziyatga qarab o‘zgarishi mumkin, – dedi maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin. – Elektron navbat faoliyati joriy yilning noyabr oyigacha ishlamay turadi.

Har bir guruhda tarbiyalanuvchilarning maksimal soni 15 nafar etib belgilanmoqda.

 

Ulashing | Поделись этим: