Samarqandda fidoyi muallimlar va bilimdon o‘quvchilar sharafiga banner o‘rnatildi

Samarqandda fidokor ustoz-murabbiylar hamda ularning bilimli o‘quvchilari yangi yondashuvda rag‘batlantirilmoqda.

Xususan, tashqi reklama ob’ektiga Payariq tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarda faoliyati davomida muvafaqqiyatga erishgan, o‘zining jonkuyarligi va ta’lim sifatini oshirishda fidoyilik ko‘rsatgan o‘qituvchilar hamda 2019-2020 o‘quv yilida o‘zining bilimi va namunali hulqi hamda maktabni oltin medal bilan tamomlagan 21 nafar o‘quvchining surati tushirilgan banner o‘rnatildi.

Mazkur banner orqali ilg‘or pedagoglar va o‘quvchilar ko‘pchilikka namuna bo‘ladi.

Ko‘ring, ibrat oling, intiling!!!

Ulashing | Поделись этим: