Maktabda bolalar niqobiga spirt bilan ishlov berish mumkinmi?

Tibbiy niqoblarga spirt bilan ishlov bermaslik kerak, ayniqsa bir martalik niqoblarga.

Chunki bolalarda kasallik alomatlarsiz kechayotgan bo‘lsa, niqoblarni ichki qismiga bola og‘iz bo‘shlig‘idan ajralgan viruslar yopishadi.

Bola maktabda bir martalik niqoblarni spirtli eritma bilan ishlov beraman deb qo‘llari bilan ushlaganida qo‘llariga va shu niqoblar qo‘yilgan sathlarda viruslar qolib ketadi. Bu esa shu vaqtning o‘zida maktabdagi boshka bola organizmiga virus tushishini keltirib chiqaradi.

Shuningdek, tibbiy niqoblarni ichki qismini spirt bilan namlab nafas olganda bir qancha asoratlarni, masalan og‘iz atrofidagi teri qavatida kuyish, burin shilliq qavatini shikastlanishi va hid bilish qobiliyatini pasayishini keltirib chiqarishi mumkin.

Sevara Ubaydullayeva, Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi

Ulashing | Поделись этим: