Navoiyda ta’lim jarayonlari boshlanmagan 43 ta maktab qoldi

Navoiyda bugungacha 104 ta maktab ochilgan edi. Bugun yana 216 ta maktabda dars jarayonlari boshlandi.

«Hozircha faqat boshlang‘ich sinflar uchun dars jarayonlari boshlandi. Xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya qilingan holda bosqichma-bosqich yuqori sinf o‘quvchilari uchun ham maktablar eshiklari ochiladi», deydi boshqarma boshlig‘i.

Hozirda 26 ta maktabda o‘qituvchilarning Covid-19 ga test topshirish jarayoni davom etayapti. 17 ta maktabda esa dasturlar asosida qurilish ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. 30 sentyabrgacha ushbu maktablarda ham dars jarayonlari boshlanadi.

Ulashing | Поделись этим: