Farzandlari maktabga boryotgan ota-onalarga foydali tavsiyalar

✅ Ota-onalar, avvalo, farzandini maktabga yuborishdan oldin ularning sog‘ligiga va ruhiy holatiga albatta e’tibor berishlari kerak.

✅ Farzandingizga o‘tgan vaqt davomidagi o‘zlashtirmagan bilimlariga yetib olishida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan stressni yengishga ko‘maklashish kerak.✅ Karantin ta’tilidan keyin bola maktabda yomon baholar olishi mumkin. Bunday holatda unga tanbeh bermaslikka harakat qiling. Chunki o‘zingiz bilmagan holda farzandingizning kuchli tomoniga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishiga sababchi bo‘lib qolasiz.

❗️Agar unda kasallik belgilari:
👉yuqori tana harorati,
👉hansirash,
👉yo‘tal,
👉hid va ta’m sezmaslik,
👉qorinda og‘riq,
👉ich ketishi paydo bo‘lsa, uni ta’lim muassasasiga yubormang.

❗️Shuningdek, farzandlaringizga quyidagi gigiyena qoidalarini o‘rgating:

🔹qo‘llarini sovun va toza suv bilan tez-tez yuvib turish;
🔸sovun va suv bo‘lmasa, qo‘llar uchun spirt atarkibli dezinfeksiya vositasidan foydalanish (spirt miqdori kamida 70 foiz bo‘lishi kerak);
🔹faqat toza ichimlik suvini ichish;
🔸 jamoat hojatxonalari hamda uyda hojatxona tozaligiga e’tibor berish va foydalanish tartibiga rioya qilishni;
🔹chiqindilarni xavfsiz hamda to‘g‘ri yig‘ish, saqlash va utilizatsiya qilish ko‘nikmalari;
🔸nafas olish gigiyenasiga rioya qilish: yo‘tal va aksirganda og‘iz-burunni mato yoki tirsak yordamida to‘sish;
🔹kaft bilan yuzga, ko‘zlarga, og‘iz va burunga tegmaslik.

Barno Abdusamatova,

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi

Ulashing | Поделись этим: