Barcha o‘qituvchilar bepul dorilar bilan ta’minlanadi

«Respublika Maxsus komissiyasining bayoniga asosan, umumta’lim muassasalarini koronavirus pandemiyasining salbiy oqibatlari, o‘qituvchi va xodimlarning koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishining oldini olish, profilaktika va davolash maqsadida ularning gidroksixloroxin va rux (sink) preparati bilan bepul ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu topshiriq yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligining qo‘shma qarori imzolangan. Yuqorida nomlari keltirilgan dori-darmonlarni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan manzilli yetkazish ishlari boshlangan», – dedi vazirlik axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova.

Ulashing | Поделись этим: