Maktab ta’tillari vaqti o‘zgaradimi?

Amaldagi tartibga ko‘ra o‘quv yili 2-sentabrdan 25-mayga qadar davom etadi. O‘quv yil 34 haftadan iborat 4 ta chorakka bo‘linadi, har bir chorak oralig‘ida ta’tillar belgilangan.

“Ta’til kunlarining o‘zgarishi zaruriyati yuzaga kelganda Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi va bu haqda keng jamoatchilik xabardor qilinadi”, — deb qayd etilgan vazirlik xabarida.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yilda tegishli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, ta’til kunlari quyidagicha belgilangan:

  • kuzgi ta’til — 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
  • qishki ta’til —  28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
  • bahorgi ta’til —  21-martdan boshlab 7 kalendar kun;
  • yozgi ta’til — 26-maydan- 1-sentabrga qadar davom etadi.

1-sinf o‘quvchilari uchun esa fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi 14-sentabrdan boshlab 139 ta maktab o‘z faoliyatini an’anaviy shaklda boshlagani to‘g‘risida xabar bergandi. Darslar boshlanganidan bir kun o‘tib, ya’ni 15-sentabr kuni Shayxontohur tumanidagi 40, 262-sonli maktablarda an’anaviy o‘quv jarayoni koronavirus infeksiyasi bo‘yicha epidemik vaziyat barqaror bo‘lgunga qadar vaqtinchalik to‘xtatilgandi. Oradan ikki kun o‘tib tumandagi yana bir maktabda an’anaviy o‘quv jarayoni vaqtincha to‘xtatildi.

Ulashing | Поделись этим: