Nima uchun koronovirus infeksiyasi bolalarda kattalarga nisbatan yengil o‘tadi?

Hozirgi kunda ushbu masala bo‘yicha yagona fikr mavjud emas.Koronavirus bolalarda aksariyat hollarda yengil shakldagi O‘RVI singari kechadi, ya’ni tomoq og‘rig‘i, yo‘tal, burun oqishi va aksirish.

Kasallik og‘irroq kechayotgan bo‘lsa – tana haroratining 37,5-39 darajagacha ko‘tarilishi, holsizlik va bosh og‘rig‘i kuzatiladi.

Yengil kechishiga olib keluvchi sabablar quyidagilar bo‘lishi taxmin qilinadi:

Kattalarga nisbatan sog‘lom o‘pkaga egaligi tufayli bolalar kasallikning og‘ir shakllariga beriluvchan emas;

Bolalar, ayniqsa erta yoshdagi bolalar yomon odatlarga – chekish va boshqalarga ega emasligi;

Tug‘ma immunitet, ya’ni nospetsifik himoya bolalarda kattalarga nisbatan kuchli bo‘lganligi;

COVID-19 virusi hujayra ichiga kirishi uchun o‘z oqsilini inson hujayralaridagi S retseptorlar bilan bog‘laydi. Bolalarda ushbu retseptorlarning soni va faolligi kam. Ya’ni, bolalarda virus kirishi uchun nishonlar kam;

Bolalar bog‘cha va maktablarda o‘zlari uchun juda ko‘p yangi respirator infeksiyalarga uchraydilar. Buning natijasida ularda bir qator kasalliklarga qarshi antitanachalar hosil bo‘lib, ularning miqdori kattalarnikiga nisbatan ko‘p bo‘ladi.

Lekin shuni yodda tutish kerakki, bolalarda ham kasallik o‘tkazilib yuborilsa va shifokorga kech murojaat qilinsa hamda ularda nafas olish tizimining surunkali kasalliklari mavjud bo‘lsa, ularda ham og‘ir kechish holatlari kuzatilishi mumkin hamda o‘limga olib kelishi mumkin.

Ulashing | Поделись этим: