24 sentyabr – Butunjahon dengiz kuni

Yer yuzining to‘rtdan uch qismi suv bilan qoplangan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra xalqaro savdoning 80 %dan ortig‘i dengiz transporti orqali amalga oshiriladi. Shu bois Xalqaro dengiz tashkiloti (International Maritime Orgazation)ning 1975 yildagi 10-sessiyasida sentyabr oyining uchinchi payshanba kuni “Butunjahon dengiz kuni” deb e’lon qilingan.

Ushbu sana dengizda yuk tashishning ekologik xavfsizligini ta’minlash, biologik zaxiralarni asrab-avaylash, bu yo‘nalishga yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etishga qaratilgan. Shuningdek, har bir davlat ushbu sanani o‘z imkoniyatlari doirasida qaysi kun nishonlashni o‘zi belgilaydi.

Ulashing | Поделись этим: