2020-2021-o‘quv yilida OTMga kirish test sinovlari yakunlari e’lon qilindi

Davlat test markazi tomonidan 2020-2021-o‘quv yili uchun o‘tkazilgan test sinovlari natijalari 2020 yil 25 sentyabr kuni soat 15:00 da e’lon qilindi.

Respublika oliy ta’lim muassasalariga:

davlat granti asosida minimal o‘tish bali – 68,0 ball;
to‘lov-kontrakt asosida minimal o‘tish bali – 56,7 ball etib belgilandi.

Shuningdek, yoshlarning ta’lim olishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilmagan, lekin 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati yaratiladi (2019 yilda 32 948 nafar abituriyent ushbu imkoniyatdan foydalangan).

Agarda test sinovlari natijalari abituriyentlarni qoniqtirmasa, Davlat test markazining apellatsiya komissiyasi o‘z faoliyatini 2020 yil 28 sentyabrdan boshlaydi.

Ulashing | Поделись этим: