Sherzod Shermatov yangi chellenjni boshlab berdi

1 oktyabr «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» arafasida ustozlardan xabar olish an’anasi ezgu maqsadga yo‘g‘rilgan bo‘lib, hayotda o‘z o‘rniga ega har bir insonni ustozga hurmat belgisini ko‘rsatishi bilan birga ta’lim tizimini jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida mustahkamlanishiga ham xizmat qiladi.

Aslida maktablarga borish, ta’lim tizimi bilan doimiy tanishib turish har bir ota-onaning tabbiy zaruriyatiga aylanishi kerak. Shundagina ustozlarning jamiyatdagi obro‘si oshadi, el orasida ziyolilarning hurmati yuksaladi. Tizimning rivojida bu kabi oddiy ko‘ringan holatlar beqiyos samara berishi turgan gap.

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov birinchi ustozini yo‘qlab bordi hamda #ustozingdan_xabar_ol chellenjini e’lon qildi.

«Hozirgi vaqtda hayotda erishgan natijalaringizda maktabingizdagi ustozlaringizning o‘rni beqiyos. 1 oktyabr «O‘qituvchi va murabbiylar kuni» arafasida ulardan xabar olinsa, ko‘ngillari tog‘dek ko‘tariladi. Bahonada sinfdoshlar bilan o‘quvchilik davridagi xotiralarni eslashga yana bir bor imkoniyat yaratiladi», deb yozadi vazir ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida.

Shuningdek, Sh.Shermatov bu xayrli amalni davom ettirib buni o‘ziga xos chellenjga aylantirish tashabbusini ham ilgari surdi. Bunda har kim ustozlari bilan tushgan video va fotolavhalarni #ustozingdan_xabar_ol xeshtegi bilan tarqatishi mumkin. Chellenjga qo‘shiling!

Ulashing | Поделись этим: