Maktab uchun ryukzakni qanday tanlash lozim?

Ryukzak tanlashda asosiy e’tiborni uning og‘irligiga qaratish lozim. Bilim olish bilan birga farzandingizning jismoniy salomatligini ham unutmang.

Portfel, ryukzaklar og‘irligi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun darsliklarsiz 700 grammni, yuqori sinf o‘quvchilari uchun esa ko‘pi bilan 1 kg.ni tashkil etishi kerak.

Endi kitob-daftar va o‘quv qurollari og‘irligiga to‘xtalamiz.

Har kunlik darslik va o‘quv qurollar og‘irligi quyidagi ko‘rsatkichlardan oshmasligi ma’qul:

➖1-2 sinf o‘quvchilari uchun – 1,5 kg;
➖3-4 sinf o‘quvchilari uchun – 2 kg;
➖5-6 sinf o‘quvchilari uchun – 2,5 kg;
➖7-8 sinf o‘quvchilari uchun – 3,5 kg;
➖9-11 sinf o‘quvchilari uchun – 4 kg.

❗️Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari portfellarining orqa qismi o‘z shaklini saqlab turuvchi bo‘lib, vazni bolaning yelkasiga bir maromda taqsimlanishi kerak.

Shuningdek, ularning shakli bo‘yicha ham bir qancha talablar mavjud:

🔹 uzunligi: 300-360 mm;
🔹 old devorining balandligi: 220-260 mm;
🔹 kengligi: 60-100 mm;
🔹 yelka kamari uzunligi: 600-700 mm.dan kam bo‘lmasligi;
🔹 tepa qismdagi yelka kamari kengligi (400-450 mm uzunlikdagi kamarda): 35-40 mm.

O‘lchamlar 30 mm.ga farq qilishi mumkin.

Ulashing | Поделись этим: