4 oktyabr – Butunjahon jonivorlarni himoya qilish kuni

📌 Mazkur sana 1931 yilda Florensiya shahrida (Italiya) Xalqaro tabiatni himoya qilish harakati faollari tashabbusi bilan ta’sis etilgan.

♻️ Xalqaro Yovvoyi tabiatni himoya qilish jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, har kuni yer yuzidan jonivorlarning 3 tadan turi yo‘qolib ketmoqda. So‘nggi chorak asr davomida sayyoramizning biologik xilma-xilligi 30 foizga qisqargan.

☑️ Shu bois, ko‘plab mamlakatda ushbu sanada hayvonlarni himoya qilish jamiyatlari tomonidan turli targ‘ibot aksiyalari, ommaviy tadbirlar o‘tkazib kelinadi.

Ulashing | Поделись этим: