Prezident maktablari o‘quvchilari Singapur xalqaro «Vanda» tanlovida oltin, kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritdi

Prezident maktablari o‘quvchilari tabiat, fizika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha Singapur xalqaro «Vanda» tanlovining sovrindorlari bo‘ldi.

«Vanda» tanlovi har yili 3-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi. Ushbu tanlov o‘quvchilarning oldinga qo‘yilgan vazifalarni hal qilishda tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan.

Tanlovda Toshkent shahridagi Prezident maktabining 9-sinf o‘quvchisi Jafarbek Orifjonov oltin, Namangan shahridagi Prezident maktabining 7-sinf o‘quvchisi Adiba Tojmirzayeva kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabining 8-sinf o‘quvchisi Shamil Xusnullin esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Ulashing | Поделись этим: