Dunyodagi eng uzun oyoq sohibasi orzulari va muammolari haqida so‘zlab berdi

AQShning Texas shtati Ostin shahrida istiqomat qiluvchi, Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan dunyodagi eng uzun oyoq sohibasi har kungi qiyinchiliklari haqida so‘zlab berdi.

17 yoshli rekordchi Maki Karrin ayollar va o‘smirlar orasida dunyo bo‘yicha eng uzun oyoqlar sohibasi hisoblanadi.

Amerikalik qiz har kuni bir qancha qiyinchiliklarga duch keladi: eshiklardan o‘tish, mashinaga o‘tirish, mos kiyim tanlash qiyinchilik tug‘diradi. Shunga qaramay, uzun oyoqlari unga tengdoshlari bilan birga voleybol o‘ynashiga yordam beradi.

Kelajakda Karrin Buyuk Britaniyadagi kollejga o‘qishga kirishni va dunyodagi eng baland bo‘yli professional model sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kirishni rejalashtirmoqda.

Ulashing | Поделись этим: