Fargʻonada maqom maktabi tashkil etildi

Yurtimizda oʻzbek maqom sanʼatining oʻziga xos ijro maktablari va anʼanalarni yangi bosqichda ravnaq toptirish, uning “oltin fondi”ni yaratish va boyitishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xususan, Fargʻona viloyatida bugungi kunda mazkur yoʻnalishda muayyan ishlar olib borilayotir. Oʻtgan yilda Margʻilon shahar musiqali maqom teatri tashkil etildi.
Fargʻona shahridagi 4-bolalar musiqa va sanʼat maktabi negizida maqom maktabi tashkil etildi.

Joriy oʻquv yilidan oʻquvchilar 5-6-sinflardan maqom xonandaligi va sozandaligi yoʻnalishlariga tanlov asosida oʻqishga qabul qilindi. Maqom saboqlaridan koʻp yillik tajribaga ega boʻlgan ustozlar dars beradi.

Ayni paytda maqom sanʼatiga ixtisoslashgan maktab-internat qurilishi boshlangan boʻlib, maktab oʻquvchilari uchun umumiy fanlar oʻquv binosi hamda 150 oʻrinli yotoqxona va oshxonani oʻquv yilining 2-choragida foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Ulashing | Поделись этим: