Qo‘qonda kasb-hunar maktabi ochildi

Maktabda o‘quvchilar ikki yil davomida umumiy o‘rta ta’lim yo‘nalishlari bilan bir qatorda, tikuvchilik, libos rassomi, avtomobillarni ta’mirlash chilangari, payvandchi, chilangar, to‘quv mashinalari operatori, sartaroshlik kabi 7 ta sohaning birida kasb-hunar o‘rganadi.

O‘quvchilar o‘rta maxsus ma’lumoti to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lgach, bitiruvchilar kasb-hunar maktabi bilan mutaxassislar tayyorlab berish bo‘yicha shartnoma tuzgan Qo‘qon EIZdagi va shahardagi boshqa yetakchi korxonalarga ishga qabul qilinadi.

Ma’lum qilinishicha, yengil sanoat kolleji negizida tashkil etilgan Qo‘qon shahar kasb-hunar maktabi 2020-2021 o‘quv yili uchun 353 nafar 9-sinf bitiruvchilarini qabul qilgan.

Ulashing | Поделись этим: