Sherzod Shermatov maktablarda bepul ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish haqida gapirdi

Toshkentdagi 129-maktabda O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov va Rossiya Federatsiyasi maorif vazirining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Glushko O‘zbekistonda rus tilini rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolash yuzasidan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida Dmitriy Glushko Rossiya federatsiyasida maktablarda boshlang‘ich sinflarda bepul ovqatlanish tashkil etish amaliyotini qo‘llayotganligini aytib o‘tdi. Shuningdek, Sherzod Shermatovga ushbu yangi tizimni o‘rganishni tavsiya etdi.

Sherzod Shermatov Markaziy Osiyo davlatlari ichida O‘zbekiston eng katta demografik o‘sish ko‘rsatkichiga ega va aholisining yirik qismi yoshlardan iborat bo‘lgan mamlakat sifatida boshlang‘ich sinflarda bepul ovqatlanish tizimini yo‘lga qo‘yish mushkul ekanligini bildirdi. Hamda, xalq ta’limi vaziri covid-19 pandemiyasi davrida mamlakat iqtisodiyoti uchun ham bu qiyinchilik tug‘dirishi mumkinligini aytib o‘tdi.

Ulashing | Поделись этим: