Umumta’lim maktablarida «Prezident sovg‘asi» qachon beriladi?

Mazkur savolga Xalq ta’limi vazirligi javob berdi.«2020-2021 o‘quv yilining birinchi kuni 14 sentyabr etib belgilangan bo‘lsa-da, maktablar sanitariya-gigiyena talablariga javob berishiga qarab, sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi xulosalariga ko‘ra, Mahalliy kengashlarning qarori asosida ochilmoqda.

Maktabda o‘quvchilar va ota-onalar to‘planib qolishini oldini olish maqsadida maktab ma’muriyati “Prezident sovg‘alari”ni tarqatishni bosqichma-bosqich tashkil etishi mumkin. Aniqroq qilib aytiladigan bo‘lsa, “Prezident sovg‘alari” aynan 14 sentyabr kuni emas, vaziyatga qarab, ba’zi maktablar kechroq ochilsa, kechroq topshirilishi mumkin.

Ushbu jarayonda maktab ma’muriyatlari va ota-onalardan o‘zaro hamkorlikda kasallik tarqalishining oldini olish choralarini ko‘rish so‘raladi», – deyiladi vazirlik ma’lumotida.

Ulashing | Поделись этим: