Maktablarda yana qanday ortiqcha hisobotlarni qisqartirish kerak?

Xalq ta’limi vazirining ma’lum qilishicha, majburiy to‘ldiriladigan hujjatlar o‘qituvchilarda 7 tadan 1 taga, sinf rahbarlarida 10 tadan 2 taga, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlarda 19 tadan 4 taga va psixologlarda 27 tadan 8 tagacha kamaytirilgan.

Vazirlik hujjatlarning batafsil ro‘yxatida keltirilgan bekor bo‘lgan hujjatlarni hozir to‘ldirish zarurati yo‘qligini yana bir bor eslatib o‘tadi.

O‘qituvchilar ushbu ortiqcha byurokratiyadan bo‘shagan vaqtini o‘zi va o‘quvchilari bilimini oshirishga yo‘naltiradi.

Vazir ortiqcha qog‘ozbozlikni yanada qisqartirish bo‘yicha ishlar davom etmayotganini ta’kidlab, «Marhamat, sizning fikringizcha qaysi foydasiz hisobot nima hujjat asosida to‘ldirilayotgan bo‘lsa, uni ushbu forma orqali bizga yuboring va biz uni o‘rganib, qisqartirish choralarini ko‘ramiz», demoqda.

Ulashing | Поделись этим: