Bag‘dodlik o‘quvchi tanlovda g‘olib chiqdi

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi va BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda «Mening oilam uchun davlat xizmatlari» mavzusida bolalar rasmlari tanlovi e’lon qilingan edi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tahsil oluvchi yuzlab iste’dodli va iqtidorli o‘g‘il-qizlar ishtirok etgan mazkur tanlovning g‘oliblari nomi ma’lum bo‘ldi.

Hakamlar hay’ati xulosalariga ko‘ra, Bag‘dod tumani xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Sabina A’zamjonova tanlovda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

G‘olib “Lenovo i5” noutbugi va boshqa esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Suratda Sabina A’zamjonovaning tanlovda g‘olib chiqqan ijodiy ishi aks etgan.

Ulashing | Поделись этим: