Farg‘onalik bir guruh o‘qituvchilar xalqaro sertifikatga ega bo‘ldilar

«Coursera online» malaka oshirish kurslarida faol ishtirok etib, xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 65 nafar g‘olib noutbuklar bilan taqdirlandi.

Ular orasida eng yuqori ko‘rsatkich 5 nafar farg‘onalik ingliz tili o‘qituvchisi tomonidan qayd etilgan.

Uchko‘prik tumanidagi 2-IDUM ingliz tili o‘qituvchisi Dilraboxon Izbosarova va Farg‘ona tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi ingliz tili o‘qituvchisi Dilzodaxon Yo‘ldoshevalar 2020 yil 5 oktyabr kuni xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov boshchiligida taqdirlangan bo‘lsalar, 17 oktyabr kuni Farg‘ona shahrining 3-maktab ingliz tili o‘qituvchisi Nilufar Nosirova, 28-maktab o‘qituvchilari Muattar Valiyeva va Leyla Mirsaliyevalar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda qatnashib, «Coursera» o‘quv kursida yuqori ball to‘plagani uchun noutbuk bilan taqdirlangan.

Ulashing | Поделись этим: