Maktablarda ona tili soatlari ko‘paytiriladi

“Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

📋 Farmonga muvofiq, 2020–2030 yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi hamda asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi.

🔰 Asosiy yo‘nalishlar quyidagilarni nazarda tutadi:

👉 2025 yilgacha davlat maktabgacha ta’lim tizimida o‘zbek tilli guruhlar qamrovini 72 foizga, 2030 yilgacha esa 80 foizga yetkazish;

👉 2030 yilgacha maktablarda o‘quv yillari uchun tayanch o‘quv rejalarida ona tili fanini o‘qitish ko‘lamini haftada 84 soatdan 110 soatgacha oshirish;

👉 OTMda o‘zbek tili kafedralari sonini 2025 yilgacha 120 taga, 2030 yilgacha esa 140 taga yetkazish;

👉 lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida “O‘zbekiston milliy qomusi” jildlarini nashr etishni bosqichma-bosqich ko‘paytirish;

👉 2020 yilda o‘zbek tilining lug‘at boyligini oshiruvchi 15 ta lingvistik, sohaviy-terminologik, izohli lug‘atlar yaratish;

👉 teleradiokanallar suxandon-boshlovchilarining o‘zbek adabiy tilidagi nutq madaniyatini oshiruvchi qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish tizimini joriy etish va qamrovni 2030 yilgacha 100 foizga yetkazish;

👉 2025 yilga qadar davlat tilida sohaviy ish yuritish hujjatlarining yagona elektron namunalarini va ulardan foydalanish uchun 14 ta onlayn dastur ishlab chiqish, 2030 yilgacha esa ushbu ko‘rsatkichni 25 taga yetkazish;

👉 dasturiy mahsulotlarning o‘zbekcha ilovalari va elektron lug‘at dasturlarini yaratish;

👉 xorijliklar uchun o‘zbek tilini o‘rgatuvchi dasturlar yaratish;

👉 2030 yilgacha xorijiy OTMda o‘zbek tilini o‘rgatuvchi markazlar sonini 17 tadan 60 tagacha ko‘paytirish.

🧾 2021 yil 1 apreldan rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasi aniqlanadi hamda mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatlari joriy etiladi.

📔O‘zbek tilidagi mavjud lug‘atlar asosida uzluksiz ta’limning barcha turlari uchun o‘quv lug‘atlari yaratiladi.

🖥 Shuningdek, o‘zbek tilidan jahonning yetakchi xorijiy tillariga va xorijiy tillardan o‘zbek tiliga tarjima qiluvchi kompyuter dasturi yaratiladi.

Ulashing | Поделись этим: