Yo‘l qoidasi — umr foydasi

Piyoda masalasi, ular tomonidan sodir etilayotgan qoidabuzarliklar, piyodalar ishtirokidagi yo’l-transport hodisalari eng muammoli holatlardan biri bo’lib qolmoqda. Kunda, kun ora bunday hodisalar respublikamizning barcha hududlarida, shu jumladan Toshkent viloyatida ham sodir bo’layapti. Garchi, ularni oldini olish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ko’rilayotgan bo’lsada, vaziyat yaxshi tomonga qarab o’zgarishi juda sekin kechmoqda. CHunki bu harakatlarda “qarsak ikki qo’ldan” chiqmayapti. Piyodalar mas’uliyatni xis etishmayapti.

Hurmatli piyodalar! Yo’l hamisha tasodiflarga to’la bo’lgan. Yo’llarimizda xavf-xatar hamisha mavjud. Undan asranish esa avvalo o’z qo’lingizda ekanligini unutmang. Yo’llarda doimo hushyor va sergak bo’ling. Unutmang, siz ko’rib turgan narsalarni haydovchi ko’rmasligi mumkin. Haydovchilar, yo’lda xavf to’satdan paydo bo’lishini doimo yodda saqlang. “Yo’l harakati qoidalari”ga amal qiling.

Ulashing | Поделись этим: