Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Davlat stipendiyasi respublika davlat OTMlarining quyidagi yo‘nalishlarining oxirgi ikki kursida ta’lim olayotgan bakalavriat bosqichi talabalariga tayinlanadi:

dastgohli rangtasvir;

rangtasvir (turlari bo‘yicha);

grafika va miniatyura;

haykaltaroshlik (turlari bo‘yicha);

amaliy san’at (turlari bo‘yicha);

dizayn (turlari bo‘yicha);

san’atshunoslik va muzeyshunoslik (turlari bo‘yicha).  

Davlat stipendiyasi O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalariga asosan tayinlanadi.

Ma’lumot o‘rnida,  Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi Prezidentning 2020 yil 21 apreldagi PQ-4688-son qarori bilan ta’sis etilgan edi.

Ulashing | Поделись этим: