Shotlandiyada bolalarni kaltaklash qonun bilan taqiqlandi

Bu haqda Deutsche Welle saytidagi xabarda keltirilishicha, Shotlandiyada 16 yoshgacha boʻlgan bolalarni kaltaklab, haqoratlab yoki xoʻrlab tarbiyalash taqiqlangan qonun kuchga kirdi.

Bu qonunni Shotlandiya parlamenti oʻtgan yili maʼqullagan edi, deb yozadi Express and Star elektron nashri. Bungacha mamlakatda ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga bolani tarbiyalash maqsadida kaltaklashga ruxsat berilgan. Endilikda yangi qonun bilan bu tartib bekor qilindi.

Eslatib oʻtamiz, bolalarni kaltaklash va xoʻrlash 1973-yili ilk bor Germaniyada qonun bilan cheklangan. Bolalarni shapaloq bilan urishga esa birinchi boʻlib Shvetsiya taqiq qoʻygan (1979-yil). Shotlandiya bu talabni qoʻllagan ellik yettinchi mamlakat boʻldi.

Xabarda aytilishicha, yanvar oyida bu kabi qonunni Uels ham qabul qilishi mumkin. Angliya va Shimoliy Irlandiyada esa hozircha bunday reja yoʻq.

Ulashing | Поделись этим: