Velosipedga yiqqan puliga onasini davolatgan bolakayga vazirlik velosiped sovg‘a qildi (+video)

Yaqinda koronavirus balosidan jabr chekkan oila haqida O‘zA muxbiri Anora Sodiqova tomonidan videolavha tayyorlangan edi.

Unda Shohista Abdumavlonovaning bir o‘g‘li bilan koronavirusga qarshi kurashish taassurotlari bayon etilgan.

Shuningdek, bolakay sportga qiziqishini ham aytib o‘tgan edi. Asosiysi, uning velosiped olish uchun yig‘ib qo‘ygan pullarini dori-darmonga ishlatishga majbur bo‘lgani ko‘pchilikni ta’sirlantirdi.

Ushbu videolavhaga olib chiqilgan oila Jismoniy tarbiya va sport vazirligining ham e’tiboridan chetda qolmadi. Kecha vazirlik mutasaddilari bolakayning kichkinagina orzularini ro‘yobga chiqarib, unga bir olam xursandchilik ato etishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi nomidan bolakayga velosiped sovg‘a qilindi.

Shuningdek, bolaning qiziqishlarini inobatga olgan holda uni kelgusida Bolalar va o‘smirlar sport maktabiga qabul qilishga ham va’da berishdi.

Ulashing | Поделись этим: