Raxit kasalligi nega kuz va qishda tug‘ilgan bolalarda ko‘p uchraydi?

Kuz-qish mavsumida tug‘ilgan bolalar ko‘p holatlarda «Vitamin D» yetishmovchiligi (Raxit) bilan og‘riydi. Ushbu kasallikning belgilari, davolash usullari haqida Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori Murodjon Irismetov so‘zlab berdi.

— D vitamini yetishmovchiligi qanday kasallik?

— D vitamini yetishmovchiligi ya’ni Raxit xastaligi bir umrlik asoratlarni qoldiruvchi fakat kichik yoshdagi bolalarda uchraydigan kasallikdir. U bola organizmida D vitamini yetishmasligi natijasida kelib chikadi. Bolaning rivojlanishi, xususan, suyakning usishi, va mustahkam bo‘lishi uchun organizmga kalsiy va fosfor elementlari zarur buladi. D vitamini esa, kalsiy va fosforning ichakdan so‘rilishi, ularning suyak, mushak va boshqa a’zo tuqimalariga yetib borishini boshqaradi.

Agar organizmda D vitamini yetishmovchiligi kuzatilsa, bolaning kalsiy va fosfor elementlariga bulgan ehtiyoji qondirilmaydi. Bu esa, o‘z navbatida raxit hastaligini keltirib chiqaradi. Ko‘pincha ushbu kasallik kech kuz va qish oylarida tug‘ilgan bolalarda uchraydi. Sababi bu fasllarda tug‘ilgan bola uchun kuyosh nuri yetarli bulmaydi.

— Raxit kasalligidan saqlanish uchun nima qilish kerak?

— Albatta, quyoshli kunlarda va ertalab ochiq xavoda sayr qilish bola uchun juda foydali. Sayrga kuning eng qulay vaqti ertalab soat 8:00 dan 11:00 gachadir. Yoz kunlari kechki 18:00 dan keyin hisoblanadi. Ochiq havodagi sayr bolani chiniktirish bilan birga organizmda D vitamini ishlab chikarilishini kuchaytiradi. Hattoki, homilador ayolning quyosh nuridan bahramand bo‘lishi ham farzandida D vitamini yetishmovchiligi bo‘lmasligida muhimdir.

Shuningdek, bolaga D vitaminiga boy oziq-ovqatlar: mol gushti, ayniksa, baliq, tuxum hamda jigar mahsulotlarini berish ham uning raxit kasalligiga chalinmasligini ta’minlaydi. Go‘dakka qo‘shimcha mahsulotlar berilmaydigan davrda ona D vitaminiga boy mahsulotlar kalsiyga to‘yingan oziq-ovqat: sut va sut maxsulotlari, turshak, loviya, xurmo, kuk piyozlarni muntazam iste’mol qilsa, ushbu moddalar ona suti bilan birga farzandiga o‘tadi va uning sog‘lom bo‘lishiga zamin yaratadi.

— Qanday belgilar namoyon bo‘ladi?

— Raxitga chalingan bolalar ko‘p bezovta bo‘ladi. Bot-bot qaysarlik va injiqlik qiladi. Chiroq yoqilishi, quloqqa chalingan kutilmagan tovushdan doim cho‘chib tushadigan bo‘lib qoladi.

Bunday holatlarda tezda shifokorga murojat qilish zarur. Kasallikni bolaning gavda tuzilishidagi nomutanosibliklardan ham aniqlash mumkin.

— Kasallikni davolash usullari qanday?

— Agar bolada Raxit kasalligi belgilarini sezilsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak . Chunki ushbu hastalikni davolash alohida muolajalarni talab etadi. Agar boshlang‘ich holati bo‘lsa D vitamini dorilari va boshqa kalsiyni ko‘paytiruvchi vositalarni iste’mol qilishning o‘zi yetarli bo‘ladi. Ammo kasallikning zo‘rayishining oldini olish uchun bir necha choralarni ham ko‘rish mumkin. Hususan, zarur bo‘lgan hollarda shifokorning tavsiyasiga muvofiq davo gimnastikasi, massaj, kvars lampasi bilan nurlantrish amaliyotlari o‘tkaziladi. Davo choralari va mahsus dori-darmonlar faqatgina mutaxassis tavsiyasi bilan iste’mol qilish mumkin.

— Vaqtida davo choralari ko‘rilmasa qanday og‘ir oqibatlarga olib keladi?

— Bu kasallikka chalingan bolalarning immuniteti tushib ketadi oqibatda yuqumli kasalliklarga ta’sirchan bo‘lib qoladi. Shuningdek, Raxit kam qonlik, suyaklar yumshashi bo‘g‘imlar, mushaklar bo‘shashi, tishlar kech va bir tekis chiqmasligiga olib keladi. Uning og‘ir asoratlari bolaning ancha vaqtgacha boshi va gavdasini tuta olmasligi kuzatiladi.

Bundan tashqari vaqtida davo choralari kurilmasa bola vaznining ortib borishi natijasida suyaklari qiyshayadi. Boshining peshona qismi oldinga, ensa qismi esa, orqaga turtib chikadi, umurtka pog‘onasi bukchayib qoladi, kukrak qafasi pastga qarab kengayib ketadi, oyoq “X” yoki “O” shaklida qiyshayadi, bolalarda yassi oyoklik rivojlanishi mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Ulashing | Поделись этим: