Yangi maymun turi topildi

Xalqaro tadqiqotchilar jamoasi Janubiy sharqiy Osiyoda tarqalgan martishkalar oilasiga mansub lutung (yoki langur) maymunlar (Trachypithecus) urug’ining umumiy filogenetik tahlilini amalga oshirish vaqtida shu vaqtgacha kashf qilinmagan ushbu urug’ning yangi turi mavjud ekanligini aniqlashdi.

Yangi langur Myanmaning markazidagi o’rmonlarda yashashi aniqlangan. Uni Popa languri (Trachypithecus popa) deb o’zi yashaydigan Popa tog’i sharafiga shunday nomlandi. Hozirgi vaqtda yangi turning 199 – 259 tasi qayd etilgan bo’lib, bu tur Yer yuzidan butunlay yo’q bo’lib ketish arafasida turibdi.

Tadqiqot mualliflaridan Prof. Kristofer Helgen «Primatlar odamlarga qanchalik yaqin joylarda yashamasin, ushbu kashfiyot biz ularni hali hamon to’liq bilmasligimizni ko’rsatadi» deydi. Kashfiyot kuni kecha xalqaro Zoological Research ilmiy nashrida chop qilingan (http://www.zoores.ac.cn/en/article/doi/10.24272/j.issn.2095-8137.2020.254).

Ulashing | Поделись этим: