Shohjahon Ergashev va yana ikki bokschimiz bugun ringga ko‘tariladi

Rossiyaning Krasnogorsk shahridagi “Vegas City Hall” arenasida tashkil etiladigan professional boks kechasida yengilmas bokschimiz Shohjahon Ergashev belaruslik Dmitriy Mishyulaga qarshi ringga ko‘tariladi. Mazkur jang sakkiz raund qilib belgilandi.

Shuningdek, Krasnogorksdagi boks kechasida yana ikki nafar o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi ham reyting janglarida ishtirok etadi. Yarim o‘rta vazn toifasida (66.6 kg) faoliyat olib borayotgan Mirzakamol Ne’matov o‘zining ikkinchi jangini rossiyalik Alisher Ashurovga qarshi o‘tkazsa, professional ringga uchinchi marotaba ko‘tarilayotgan Alisher Shodiyev rossiyalik Muhammadrizo Mutalibovga qarshi jang qiladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur professional boks kechasini Sport TV kanali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatishni rejalashtirgan. Janglar 16 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:30 da boshlanishi kutilmoqda.

Ulashing | Поделись этим: