Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev raqibini texnik nokautga uchratdi

Rossiyaning Krasnogorsk shahrida o‘tkazilgan jangda hamyurtimizga belaruslik Dmitriy Miliusha raqiblik qildi.

Sakkiz raundga mo‘ljallangan jang ikkinchi raunddan so‘ng nihoyasiga yetdi. Tanaffus vaqtida Miliusha jangni davom ettira olmasligi ma’lum bo‘ldi. Ikkinchi raund davomida Shohjahonning bergan kuchli zarbasidan so‘ng u o‘zida og‘riq his qilayotganini aytdi va shifokorlar jangni to‘xtatish lozimligini ma’lum qilishdi. Texnik nokaut!

Shu tariqa Shohjahon Ergashevning professional boksdagi g‘alabalari soni 19 taga yetdi.

Ulashing | Поделись этим: